Xabarlar

Ramazon oyi 27 maydan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori elon qilindi, deb yozmoqda Uz24.uz.

Qarorda ma’lum qilinishicha, 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga to‘g‘ri keladi.

Hujjatda  O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklatildi.